Общее·количество·просмотров·страницы

четверг, 14 декабря 2017 г.


SOZ QUDRATI

 

Yaxshilar yoninda yurgil sen ozing,

Dur bolsin doimo sozlagan sozing.

Olimlarni oqisang ochilar kozing,

Johilni tinglasang kordek bolarsan.

Maxtumquli.

Har bir shaxsning jamiyatda oz ornini topishida, jamiyat a’zolari orasida hurmat qozonishida uning samimiyati va muloyimligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Muloyim soz insonning dostlarini kopaytiradi, obrosini oshiradi, shu orqali boshqalar hurmatiga sazovor boladi. Sozni oz ornida ishlata bilish ham mahorat sanaladi. Chunki, har xil davralarda: do‘stlar, oila a’zolar, qarindoshlar, kasbdoshlar, hamkorlar, o‘quvchilar yoki yoshlar oldida sozlash biror maqsadga yo‘naltirilgani bilan bir-biridan ajralib turadi. Har qaysi kishi o‘zi haqida boshqalarda sozlagan sozi orqali taassurot qoldiradi.

Hozirgi paytda ayrim tengdoshlarimiz orasida sozlashish madaniyatining ancha sayoz ekaniga guvoh bolamiz. Kocha-koyda yoshlarning bir-biriga  qopol, beandishalik bilan uyatli sozlarni aytishi yoki so‘kinishi holatlariga ham, afsuski, ro‘baro kelib qolamiz. Bunday so‘zlashuv uslubi qanchalik togri? Bu holga sababchi o‘smirlarning ma’naviyati sustligi, oilada yaxshi tarbiya olmaganligi, ta’lim-tarbiya beruvchilarning e’tiborsizligimi yoki bu hozirgi zamonda “urf”ga aylangan sozlashuv “madaniyat”imi? Bunday savollar har bir ziyoli va ma’naviyatli kishiga tinchlik bermasligi tayin!

Axir, bu yangligmuomala, albatta, atrofdagilarga ham tasir etadi-ku! Natijada bitta so‘z avtobusdagi yo‘lovchilarning yoki biror bazmdagi davradoshlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Qolaversa, og‘ziga kelgan so‘zni gapirgan kishining obro‘si ham bir pul bo‘ladi.

“Yaxshi soz - jon ozigi”, - deydi, dono xalqimiz. Soz goyat katta kuch-qudratga ega vosita hisoblanadi. O‘sha kuchdan qay tarzda foydalana olish so‘zlovchiga bog‘liq. Ya’ni, bitta so‘z orqali o‘zining ezgu maqsadiga yetishi mumkin. Aksincha, turli xil yomon gap-so‘zlar biror kishining hayotiga nuqta qo‘yishi ham ehtimoldan holi emas.

Kishi biror bir yomon gapi orqali insonlarning dilini og‘ritib qo‘yishi mumkin. Axir, “Oq yarasi bitar, soz yarasi bitmas”, “Togu-toshni sel buzar, odamzotni soz buzar” kabi naqllar ham bejiz aytilmagan. Ular sozning qudratini yaqqol namoyon etadi. Muqaddas dinimizning manbalarida, xususan Quro’ni Karimda “Bandalarimga ayt, yaxshi sozlarni  sozlasin. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi” deyilgan. Bundan tashqari, birovning diliga ozor berib, uni vayron qilgan, xuddiki, Ka’bani vayron qilgan kabi bo‘lishi aytilgan. Anglashimiz mumkinki, muloyim va samimiy sozlash, nafaqat bu hayotimizni bezaydi, balki  insonning oxirati obod bo‘lishi yo‘lida ham asqotadi.

Sharqona odatlarga asosan ham, shirinsoz bolish ta’kidlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda “yuzida muloyimlik bolmagan odam dokon ochishi mumkin emas” degan qoida bor.

Kundalik sozlashuvda “kechirasiz”, “aybga buyurmang” kabi sozlarni koproq ishlatgan ma’qul. Hilmli bolish suhbatdoshingizda “siz menga yoqasiz”,  “sizni korganimdan xursandman” degan taassurotni qoldirishi tayin. Insonni, ya’ni suhbatdosh kishini quvonch va e’tibor bilan tinglash kerak. Hilmli bo‘lishda esa, ko‘p kitob o‘qish muhim ahamiyatga ega. Badiiy kitob o‘qish orqali so‘z boyligimiz oshadi. Shundagina, “parazit” so‘zlardan va turli xil o‘rinsiz iboralarni aytishdan tiyila olamiz. Suhbatdoshimiz diliga xush yoqadigan so‘zlarni gapiramiz.

 

Комментариев нет:

Отправить комментарий