Общее·количество·просмотров·страницы

четверг, 14 декабря 2017 г.


SAHRODAGI “LUVR”GA SAYOHAT

Poytaxtimizda o‘zining o‘zgacha uslubi bilan butun dunyoga mashhur, avangard uslubi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat muzeyiga maktabimiz 7-sinf o‘quvchilari bilan tashrif buyurgan edik.

Muzey o‘zining original eksponatlarga boyligi  bilan butun dunyo sayyohlarining diqqatini o‘ziga tortgan. Bu yerga kelib ketuvchilarning, ayniqsa, chet elliklarning soni judayam ko‘p.

Muzeyda yaqinda Bazarbay Sarekeyev asarlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Uning ijod na’munalari hammaning diqqatini o‘ziga jalb etdi.
 

 

Bu hashamatli muzeyning asoschisi Igor Sovetskiy haqida ko‘plagan ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Igor Sovetskiy 1715-yili Ukrainaning Kiyev shahrida tug‘ilib, Rossiyadagi oliygohlarning birini tugatgan. Taqdir taqozosi bilan Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida va boshqa joylarda bo‘lib, tarixiy yodgorliklar hamda qoraqalpoqlarning milliy madaniyatini o‘rgangan.

Muzeyda bir biridan qiziqarli kartinalar judayam ko‘p. Ularning har biri kishining diqqatini o‘ziga tortadi. Eksponatlar orasidan joy olgan  “Mariya Magdalena nolasi” asari menda o‘zgacha qiziqish paydo etdi. Biz kabi yoshlar uchun bu muzeyda tarix haqidagi ma’lumotlar juda ko‘p ekan.

 

Комментариев нет:

Отправить комментарий